Yevropada 2025-yil iyun oyida haddan tashqari issiqlik oqibatida 2300 ga yaqin odam vafot etdi. Bu haqda London Qirollik kolleji va London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi tadqiqotiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Olimlar 22-iyundan 2-iyulgacha tadqiqot olib borishdi. Bu davrda G‘arbiy Yevropaning katta qismi 40 daraja issiqdan aziyat chekdi.
Ushbu davrda qayd etilgan 2300 ta o‘limdan 1500 tasi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu issiqlikni yanada kuchaytirdi.
Shu bilan birga, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, yuqori harorat tufayli o‘lim holatlarining aksariyati rasmiy ravishda qayd etilmaydi, bu esa baholashni qiyinlashtiradi.