Air India aviakompaniyasining iyun oyida halokatga uchragan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti uchuvchilarning xatosi tufayli qulab tushishi mumkin edi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, ikkita dvigatelga yonilg‘i uzatishni boshqarish tizimi o‘chirilgan, bu esa parvozdan ko‘p o‘tmay tortish kuchining yo‘qolishiga olib kelgan. Ushbu tizimni boshqarish uchuvchilar qo‘lida bo‘lib, ular samolyot dvigatellarini ishga tushirish yoki to‘xtatish uchun yoqilg‘i uzatish tugmalaridan foydalanadi.
Nashrning ta’kidlashicha, pereklyuchatellar o‘chirilgan, biroq ularning o‘chirilishi sabablari aniq emas. Bu tasodifan yoki qasddan sodir bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q. Ekspertlar uchuvchilar dvigatellarni qayta ishga tushirishga uringan-urinmaganini hozircha aniqlay olishmadi.