O‘zbekistonda ikkinchi oliy ta’limga hujjat qabul qilish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, arizalar 10-avgustga qadar my.edu.uz portalida qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagilarni bajarishi kerak:

  • pasport ma’lumotlari va STIRni ko‘rsatishi;
  • diplom va ilovani yuklab olish;
  • oliy ta’lim muassasasi va yo‘nalishni tanlash;

O‘qitish pullik asosda amalga oshiriladi. O‘rinlar soni oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularning o‘zlari tomonidan belgilanadi.