11-iyul kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. Aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat sharqda va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati kunduzi 30-39°, janubda 39° gacha, sharqda 35° gacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 33-35° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 28° gacha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamol kuchayishi mumkin.