Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025-2026 o‘quv yili uchun OTM va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Organ ma’lumotlariga ko‘ra, abituriyentlar quyidagi ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin:
- test o‘tkaziladigan hududning fotosurati;
- hududga kirish joylari;
- test o‘tkaziladigan joyning nomi;
- test o‘tkaziladigan joyning manzili;
- bino raqami;
- mazkur joyda test topshirayotgan guruhlar;
- Google xaritasidagi joylar joylashuvi.
Toshkentda imtihonlar uchta joyda o‘tkaziladi: “O‘zekspomarkaz”, “Yoshlik” sport majmuasi va Milliy universitet sport zali.
Abituriyentlar 12-iyul kuni soat 12:00 dan 15:00 gacha ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzilga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joy bilan tanishishlari mumkin.