O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvi xizmatlari uchun debitor qarzdorligi 794 mlrd so‘mni tashkil etadi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jismoniy shaxslarning qarzdorligi 577,5 mlrd so‘mni, yuridik shaxslarning qarzdorligi esa 216,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Yil boshiga nisbatan umumiy qarzdorlik 115 mlrd so‘mga yoki 13 foizga kamaygan.

Aholi o‘rtasida olib borilgan tushuntirish ishlari va tariflarni qayta ko‘rib chiqish natijasida suv hisoblagichlar bilan ta’minlangan iste’molchilar soni 248,9 mingtaga yoki 6 foizga oshib, iste’molchilarning suv hisoblagichlar bilan ta’minlanganlik darajasi 82 foizga yetkazildi.

2025-yilning birinchi yarmida tizimlarda 4 935 ta nosozlik bartaraf etildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 362 taga yoki deyarli 10 foizga kam.