2025-yilning yarmida “103” xizmatiga qariyb 7 million chaqiriq kelib tushdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Murojaatlarning aksariyati — 4 992 108 tasi favqulodda ko‘rsatmalar bilan bog‘liq. Surunkali kasalliklar bo‘yicha 1 802 348 ta, bemorlarni tashish bo‘yicha 66 917 ta, tug‘ruq bo‘yicha 50 870 ta murojaat kelib tushgan.

Yolg‘on qo‘ng‘iroqlarga kelsak, yarim yil ichida 849 ta shunday murojaat qayd etilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 406 taga kam.

Yolg‘on qo‘ng‘iroqlar soni bo‘yicha Surxondaryo viloyati yetakchilik qilmoqda — 177 ta murojaat. Ikkinchi o‘rinda Qashqadaryo (140), uchinchi o‘rinda Samarqand (127).