11-iyul kuni Toshkentning Yashnobod tumanida elektr ta’minoti uzildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tuman elektr tarmoqlari boshqarmasiga qarashli TP-1855 transformator podstansiyasida SIP 0,4 kV havo tarmog‘ida montaj ishlari olib borilayotgani sababli elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatilgan. Soat 17:00 gacha quyidagi ko‘chalar aholisi elektr ta’minotisiz qoladi:

  • Shohimardon;
  • Husnobod;
  • Nodirabegim;
  • Zanjirsaroy;
  • Shirmonbuloq;
  • Muruvvat;
  • Izzat.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘ralib, kelgusida ishonchli va xavfsiz elektr ta’minotini ta’minlash maqsadida barcha ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.