Toshkentda TDIU o‘qituvchisi pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

DXX Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra o‘qituvchisi qo‘lga olindi.

U nufuzli tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berishni va’da qilib, 4 ming dollar olgan. Mazkur holat yuzasidan pedagogga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.