Adliya vazirligi Zomin qozon patirini geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib, maxsus reestrga kiritdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Zomin qozon patiri — Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanib kelinayotgan non mahsuloti. U maxsus tayyorlangan xamirdan qozonda mahalliy sut va sariyog‘ qo‘shib pishiriladi.
U O‘zbekistonning 20-geografik ko‘rsatkichi sifatida Davlat reyestriga rasman kiritilgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqishi qonuniy himoya ostiga olingan.
Qaror mintaqaviy brendni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va iste’molchilarga sifatli hamda o‘ziga xos mahsulot yetkazib berishga qaratilgan.