Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazida zararli dasturlarga qarshi kurashish uchun mobil ilova ishlab chiqildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, yangi dasturiy ta’minotning muhim xususiyatlaridan biri — oflayn rejimda ishlash imkoniyati. Bu foydalanuvchilarga doimiy ravishda internetga ulanmasdan o‘z qurilmalarining xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.
Qurilmaga o‘rnatilgan ilovalar har 15 daqiqada avtomatik tekshiriladi va foydalanuvchi xavfli ruxsatlarga ega ilovalar haqida bildirishnoma oladi.
Ilova, aftidan, hozircha faqat Android asosidagi smartfon egalari uchun mavjud — dasturni havola orqali yuklab olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kiberxavfsizlik sohasida sezilarli yutuqlarga erishgan. Mamlakat hozirda kibermakonni himoya qilish tizimi (T2 Advancing) faol rivojlanayotgan mamlakatlar toifasiga kiradi.