14-iyul kuni Toshkentning Bektemir tumani aholisi qisman elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda HET matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kompaniyaning yozishicha, mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi. Ularning o‘tkazilishi munosabati bilan:

  • “Musaffo”, “Nurliyo‘l” va “Sohil” mahallalari aholisi soat 17:00 gacha chiroqsiz qoladi.

Qayd etilishicha, yuqoridagi uchastkalarda ta’mirlash ishlari belgilangan muddatdan avvalroq yakunlanishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Yoz boshidan beri poytaxt aholisi an’anaga ko‘ra elektr ta’minotida uzilishlarni boshdan kechirmoqda. Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar hamon kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan izohlanmoqda. Kompaniya rejalashtirilgan o‘chirishlar haqida aholini yaxshiroq xabardor qilishga va’da berdi.

Kunning issiq vaqtida ayrim hududlarda yuzaga kelgan avariyaviy holatlar ham elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarga sabab bo‘lmoqda. Bunday hollarda avariya-qutqaruv brigadalari ularni qisqa muddatlarda bartaraf etadi. Kompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.