Luka Modrich Italiyaning “Milan” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda futbol klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
39 yoshli futbolchi bilan kelishuv bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, shartnomani 2027-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirish imkoniyati mavjud.
Luka Modrich “Real Madrid” safida 6 karra Chempionlar ligasi g‘olibi va “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi.
Faoliyati davomida futbolchi Angliyaning “Tottenhem” va Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klublarida ham o‘ynagan. Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida yarim himoyachi “Real” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Modrich Madrid klubi safida jami 590 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Yoaxim Lyov O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi bo‘lishi mumkin. Germaniyalik mutaxassisning qo‘shilishi jamoaning mundialga tayyorgarligi doirasida yordam berishi mumkin.