Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov pora bilan qo‘lga tushgan o‘qituvchilarga munosabat bildirdi. Idora axborot xizmati vazirning so‘zlarini keltiradi.
Qo‘ng‘irotboy Sharipov pedagoglarga pora berish holatlarini “noqonuniy va mutlaqo kechirib bo‘lmaydigan holat” deb atab, ular butun oliy ta’lim sohasiga soya solayotganini ta’kidladi.
“Biz sizlardan bilim va tarbiya berish orqali jamiyatga xizmat qilishni kutamiz, jinoyat sodir etishni emas”, — dedi u.
Vazir har bir pedagog o‘z kasbi ortida odamlar taqdiri va mamlakat kelajagi turganini anglashi kerakligini ta’kidladi. U oliy o‘quv yurtlari xodimlarini shaxsiy mas’uliyat va qonunga rioya qilishga chaqirib, idora ta’lim tizimida shaffoflik va halol raqobat yo‘lini davom ettirishga va’da berdi.
“Vazirlik korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash tarafdori bo‘lib, ta’lim sohasida bunday jirkanch holatlarga mutlaqo toqat qilmaydi” — dedi u.
Sharipov, shuningdek, abituriyentlarga murojaat qilib, sizni pora evaziga o‘qishga kiritishga hech kimning haqqi yo‘qligini ta’kidladi.
“Siz faqat o‘z bilimingiz orqali adolatli tanlov asosida talaba bo‘lishingiz mumkin”, — deya xulosa qildi vazir.
Eslatib o‘tamiz, Oliy ta’lim vaziri Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Farg‘ona davlat universiteti xodimlari qo‘lga olinganidan keyin poraxo‘r pedagoglar haqida gapirgandi. O‘qituvchilar pul evaziga o‘qishga kirishni va’da qilishdi.