15-iyul kuni O‘zgidromet direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja ob-havo haqida favqulodda xabar e’lon qildi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 17-19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo kirib kelishi kutilmoqda.
17-iyul, payshanba kuni shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, 18-20-iyul kunlari respublika hududining katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Avvalroq O‘zgidromet haftaning birinchi yarmi o‘rtacha issiq va yog‘ingarchiliksiz bo‘lishini ma’lum qilgandi. Hafta oxiriga kelib harorat ko‘tarila boshlaydi, ba’zi joylarda havo 44 darajagacha isiydi.