AQSH prezidenti Donald Tramp endi NATOni eskirgan birlashma deb hisoblamaydi. Bu haqda BBC nashri yozmoqda.
Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, alyans qarama-qarshi narsaga aylanmoqda, endi NATO davlatlari “o‘z hisoblarini o‘zlari to‘lamoqda”. Donald Trampning ta’kidlashicha, u hali ham jamoaviy mudofaaga ishonadi, chunki u “kichik mamlakatlarni kattaroqlaridan himoya qiladi”.
Avvalroq Tramp NATOda muammolar borligi va u “eskirgan tashkilot” ekanini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar xarajatlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayapti, shuning uchun AQSH ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘lmoqda.
Avvalroq AQSH sobiq prezidenti Jo Bayden Donald Trampni Rossiya bilan muloqoti NATO birligiga putur yetkazayotgani uchun tanqid qilgandi.