Ijtimoiy tarmoqlarda IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 100-400 dollargacha oshishi haqida xabarlar tarqaldi. Bojxona qo‘mitasi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.Ijtimoiy tarmoqlarda IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 100-400 dollargacha oshishi haqida xabarlar tarqaldi. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Idoraning ta’kidlashicha, bunday mish-mishlar telefonlarning yuqori narxini oqlash uchun ularni noqonuniy olib kirgan shaxslar tomonidan tarqatilmoqda. Qurilma qonuniy olib kirilganda IMEI-kodlar SIM-kartalar sonidan qat’i nazar avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Agar telefon deklaratsiya qilinmagan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazishda «IMEI uchun to‘lov» emas, balki qurilma qiymatining 30 foizi miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi.

Misol: agar odam ro‘yxatdan o‘tmagan telefonni 1000 dollarga sotib olgan bo‘lsa, uni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish faqat 300 dollar to‘lagandan keyingina mumkin bo‘ladi. Ko‘pchilik bu summani IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun go‘yoki «yangi to‘lov» deb o‘ylaydi, aslida bu noqonuniy olib kirilgan qurilma uchun bojxona yig‘imi.

Tekshiruv paytida qurilma faqat bitta SIM-kartaga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi yoki tizimda umuman ro‘yxatdan o‘tmaganligi ma’lum bo‘lishi mumkin. Bu qoidabuzarlik haqida signal beradi, chunki bunday telefon noqonuniy yoki tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan holda olib kirilgan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonliklarga telefonlarni olib kirishda deklaratsiya qilish va xarid qilishdan oldin IMEI ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirish zarurligi eslatildi.

Eslatib o‘tamiz, raqamli texnologiyalar vaziriga IMEI-kodlar bilan bog‘liq muammolar tufayli so‘rov yuborilgan edi. Sherzod Shermatovdan 10 kun ichida platformalardagi texnik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish so‘raladi.