IIV huzuridagi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilar o‘rtasida yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd etiladigan obyektlar ro‘yxatini taqdim etdi.
Ro‘yxatda tezlikni oshirish, kamarni taqmaslik, qizilga o‘tish, yo‘l chizig‘idan chiqish, to‘xtash belgilarini buzish kabi yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi 1831 ta qurilma ko‘rsatilgan. Shuningdek, ro‘yxatda radarlar ham bor, ular faqat tezlik chegarasining buzilishini qayd etadi.
Kameralar o‘rnatilgan lokatsiyalarning aksariyati Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Radarlar ko‘proq trassalar va yo‘l o‘tkazgichlarda, kameralar esa yirik chorrahalar, piyodalar o‘tish joylari, maktablar va ijtimoiy obyektlar yaqinida o‘rnatilgan.
To‘liq ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, maktablar va bolalar bog‘chalari yaqinida tezlikni soatiga 30 kilometrdan oshirmaydigan radarlar o‘rnatiladi. Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari oldidagi yo‘llarda soatiga 30 kilometrdan oshmaydigan tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi.