7-iyul kuni Qashqadaryo viloyatida 61 yoshli ikki ayol cho‘milayotgan vaqtida daryoga cho‘kib ketdi. Bu haqda Millar reportajida aytiladi.

Nafaqaxo‘r ayollar dam olish uchun dachaga ketishdi. Bo‘sh vaqtlarida daryoda cho‘milishga qaror qilgan va Oqdaryoga tushgan. Cho‘milish paytida ularni oqim oqizib ketgan, natijada ayollar cho‘kib ketgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘limga cho‘kish sabab bo‘lgan. Ayollarning o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyatida ikki nafar bola tomchilatib sug‘orish havzasida cho‘kib ketgandi.