16-iyul kuni Qashqadaryo viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa Ko‘kdala tumanidagi “Oltin dala” mahallasida joylashgan gaz quyish shoxobchalaridan birida sodir bo‘lgan. Yong‘in haqida ma’lumot soat 14:40 da kelib tushgan.
Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 15:35 da o‘chirilgan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatida o‘rmon yonib ketdi: uch gektar yer yonib ketgandi. Yong‘in bir necha soat davomida o‘chirilgan, jarayonda o‘nlab odamlar va ko‘plab texnikalar ishtirok etgan, o‘choq dronlar yordamida kuzatilgan.