Toshkentda Mirobod tumani IIO FMB bo‘limlaridan birining boshlig‘i pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Podpolkovnik qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan fuqaroning garoviga o‘zgartirishi mumkinligini aytdi.

Huquq-tartibot posboni ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming dollar olgan. Huquq-tartibot idorasi xodimi va’dasini bajara olmagan va pulni qaytarib bermoqchi bo‘lgan, u pulning bir qismini topshirgan paytda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi hibsga olindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, DXX xodimlari hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi va Pensiya jamg‘armasi rahbarlarini pora bilan qo‘lga olgandi. Barcha holatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.