Ijtimoiy tarmoqlarda Chechenka taxallusli blogerning bolalar o‘rtasida janjal keltirib chiqargani aks etgan video tarqaldi. Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil vaziyatni nazoratga oldi.

Voqea 13-iyul kuni yuz bergan. Ayol Toshkent viloyatida oilaviy dam olish paytida o‘g‘li va jiyanini qo‘llariga sanchqi berib urishtirgan, bolalarni “Qani-qani!” deb turli yo‘llar bilan gij-gijlagan. Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil ushbu videoni ko‘rib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

15-iyul kuni ayol 47-modda (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish majburiyatlarini bajarmaslik”) bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortildi. Hozirda blogerning oilasi tegishli organlar tomonidan alohida nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, duduqlanishni davolash usuli bilan shov-shuvga sabab bo‘lgan Dilorom Jabborova yana bolalar bilan shug‘ullanmoqda. Endi u bolalarni to‘rt oyoqlab turib bir-biriga vovillatmoqda.