Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda barcha valyutalar tushib ketgan. 18-iyul kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:

  • AQSH dollari – 12 658,19 so‘m;
  • Yevro – 14 672,11 so‘m;
  • Rossiya rubli – 161,44 so‘m.

Markaziy bank 17 iyul uchun oltin o‘lchov quymalari narxini ham yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 413 000 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm – 7 065 000 so‘m;
  • 10 gramm – 14 131 000 so‘m;
  • 20 gramm – 28 261 000 so‘m;
  • 50 gramm – 70 653 000 so‘m;
  • 100 gramm – 141 307 000 so‘m.