O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingida 25-o‘rinni egalladi. Bu haqda Numbeo portali ma’lumotlarida keltirilgan.

Tadqiqot butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan so‘rovlar orqali to‘plangan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lib, jinoyatchilik va xavfsizlik darajasini subyektiv nuqtayi nazardan baholaydi.

Yangilangan hisobotga ko‘ra, ro‘yxatda birinchi o‘rinni BAA egallagan. Bu mamlakat shaxsiy xavfsizlik va jamoatchilik muhiti barqarorligi uchun yuqori ball olgan. Ikkinchi o‘rinda Andorra, uchinchi o‘rinda Qatar joylashgan. O‘zbekiston 25-o‘rinni egalladi.

Dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari va mintaqalari o‘ntaligi quyidagicha:

  • Birlashgan Arab Amirliklari;
  • Andorra;
  • Qatar;
  • Tayvan;
  • Makao;
  • Ummon;
  • Men orollari;
  • Gonkong;
  • Armaniston;
  • Singapur.

Bu mamlakatlarda jinoyatchilik darajasi past, aholining huquq-tartibot idoralariga ishonchi yuqori, ichki vaziyat barqaror.

O‘zbekiston reytingda 25-o‘rinni egalladi. Ozarbayjon 35-o‘rinda, Rossiya 52-o‘rinda, Qozog‘iston 73-o‘rinda, Ukraina 81-o‘rinda, Qirg‘iziston 101-o‘rinda. Turkmaniston va Tojikiston reytingga kiritilmagan.

Dunyoning eng xavfli davlatlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

  • Gaiti;
  • Papua – Yangi Gvineya;
  • Venesuela;
  • Afg‘oniston;
  • Janubiy Afrika Respublikasi;
  • Gonduras;
  • Trinidad va Tobago;
  • Suriya;
  • Yamayka;
  • Peru.

Ushbu mamlakatlar zo‘ravonlik, ko‘cha jinoyatchiligi, talonchilik, korrupsiya va xavfsizlik hissiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa omillar uchun yuqori ball olgan.