Toshkentning Mirobod tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida giyohvand moddalar sotuvchisi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Jinoyatchining uyidan 6,8 kg dan ortiq turli giyohvandlik va psixotrop moddalar, shuningdek, tovarni sotish uchun tarozi va boshqa jihozlar topilgan. Olib qo‘yilgan narsaning umumiy qiymati 4,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ichki ishlar vazirligining ta’kidlashicha, bu miqdordagi giyohvand moddalar taxminan 305 ming kishining hayotini barbod qilish uchun yetarli bo‘ladi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda narkotiklarga qarshi keng ko‘lamli “Qoradori-2025” reydi boshlangan.