Toshkentning Yunusobod tumanida PPX inspektori pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar bermoqda.
Gumonlanuvchi fuqaroning ishonchiga kirib, uning tanishiga davlat imtihonini topshirish va haydovchilik guvohnomasini olishda yordam berishini aytgan.
Inspektor 1,5 ming dollar va 1,9 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi. Pul kirish imtihonini to‘lash uchun mo‘ljallangan edi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qamoqqa olingan, tergov olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, deputatlar jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimini joriy etish, xususan, tayanch punktlari va PPX inspektorlariga yangi vakolatlar berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagandi.