Toshkentda 17-iyulga o‘tar kechasi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Qorasuv” podstansiyasida transformator yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Hodisa soat 01:31 atrofida ko‘chada sodir bo‘lgan. Yong‘in transformatorni qamrab olgan, yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 01:37 da yetib borgan, yong‘in soat 02:06 da o‘chirilgan.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari”ning ma’lum qilishicha, hodisaga yuqori kuchlanishli uskunalarning ortiqcha yuklanishi tufayli yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Avariya soat 02:30 da bartaraf etilgan. Hududda elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. Jabrlanganlar yo‘q.

Yoz boshidan beri poytaxt aholisi an’anaga ko‘ra elektr ta’minotida uzilishlarni boshdan kechirmoqda. Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar hamon kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan izohlanmoqda. Kompaniya rejalashtirilgan o‘chirishlar haqida aholini yaxshiroq xabardor qilishga va’da berdi.