17-iyul kuni Toshkentning Sergeli tumanida elektr ta’minoti qisman uzildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tuman hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagi manzillar aholisi soat 17:00 gacha chiroqsiz qolgan:

  • “Nomdanak” mahallasi.

Shu bilan birga, hokimlik elektr energiyasi nima sababdan o‘chirilganiga aniqlik kiritmagan. 1055 ta kommunal xizmatda mahalla aholisi o‘z arizalarini HETga topshirganliklarini ma’lum qilishdi. Boshqa tafsilotlar keltirilmadi.

Eslatib o‘tamiz, 17-iyulga o‘tar kechasi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Qorasuv” podstansiyasida transformator yonib ketgandi. Uni taxminan yarim soat davomida o‘chirishdi, jabrlanganlar yo‘q. Buning sababi uskunaning ortiqcha yuklanishi tufayli yuzaga kelgan qisqa tutashuvdir.