2025-yilning dastlabki olti oyida aholiga chet el valyutasini sotib olish va sotish hajmi o‘rtasidagi farq sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytiladi.

Yil boshidan buyon banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasida xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalarining umumiy hajmi 14,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 24% ga oshgan.

Banklar fuqarolardan 9,1 mlrd dollarlik valyuta sotib oldi, o‘sish 27 foizni tashkil etdi. Banklar tomonidan aholiga sotilgan xorijiy valyuta hajmi 18 foizga oshib, 5,39 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘zbekistonliklar olti oy ichida banklarga 3,71 milliard dollarga ko‘proq valyuta sotdi, o‘sish sotib olinganidan 42,8 foizni tashkil etdi. Bu esa ichki bozorda qo‘shimcha valyuta taklifi manbai bo‘lib xizmat qildi.

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali 8,4 mlrd dollarlik valyuta oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshirilib, o‘sish 16 foizni, masofaviy xizmat ko‘rsatish (onlayn) orqali 5,9 mlrd dollarlik valyuta oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshirilib, o‘sish 36 foizni, 24/7 rejimida ishlovchi bankomatlar orqali qolgan 252 mln dollarlik valyuta oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshirilib, o‘sish 32 foizni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, “Adolatli Rossiya — haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalariga boj joriy etishni taklif qilgandi.