Anvar O‘rmonov Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar u poytaxt prokurorining birinchi o‘rinbosari, muqaddam shaharning Shayxontohur va Sergeli tumanlari prokuraturalariga rahbarlik qilgan.
Poytaxtning avvalgi prokurori Erkin Yo‘ldoshev kuni kecha Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati rahbari etib tayinlandi.