Toshkentning Shayxontohur tumanida yo‘l yopilishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 18-iyul kuni soat 15:00 dan 21-iyul kuni soat 06:00 ga qadar Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och ko‘chasi bilan kesishmasidan Beruniy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida bir tomonlama avtotransport vositalari harakati to‘liq to‘xtatiladi. Haydovchilarga ko‘rsatilgan muddatda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi. Noqulayliklar uchun aholidan ham uzr so‘raldi.

Yo‘l yopilishi munosabati bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar bo‘ylab harakatlanadi:

34-sonli avtobus yo‘nalishi Med gorodok → Chilonzor metro bekati yo‘nalishida:

  • Beruniy ko‘chasi → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi;
  • teskari yo‘nalish o‘zgarishsiz.

64-sonli avtobus yo‘nalishi Paxtakor metro bekati → Birlik mavzesi yo‘nalishida:

  • Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi;
  • teskari yo‘nalish o‘zgarishsiz.

87-sonli avtobus yo‘nalishi Qoraqamish 2/4 mavzesi → Chilonzor 30-dahasi yo‘nalishida:

  • Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi;
  • teskari yo‘nalish o‘zgarishsiz.

116-sonli “Med gorodok” → “Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishidagi avtobus qatnovi:

  • Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi;
  • teskari yo‘nalish o‘zgarishsiz.

131-sonli avtobus yo‘nalishi Olimpiya mehmonxonasi → Do‘stlik-2 mavzesi tomon:

  • Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi;
  • teskari yo‘nalish o‘zgarishsiz.

147-sonli avtobus yo‘nalishi Chorsu savdo markazi → Chinni bozori yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi;
  • teskari yo‘nalish o‘zgarishsiz.

Eslatib o‘tamiz, hukumat qarori bilan 1-iyundan boshlab shahar ko‘chalarida dam olish kunlari, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardan tashqari soat 07:00 dan 21:00 gacha yo‘llarni ta’mirlash yoki chiziqlar chizish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.