Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari 2025-yil iyun oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasi bozorini tahlil qildi.
Tahlillarga ko‘ra, bozor yoz boshidan beri barqarorlikni ko‘rsatdi. O‘rtacha stavka o‘tgan oylar darajasida qoldi va har kvadrat metr uchun 8,1 dollarni tashkil etdi.
Eng yuqori narxlar Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida, eng past narxlar esa Bektemir, Sergeli va Uchtepa tumanlarida saqlanib qolmoqda.
Yillik nisbatda Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 2,6% ga kamaydi. Stavkalarning eng katta pasayishi Uchtepa, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil iyun oyida uy-joyga bo‘lgan talabning o‘sishi qayd etilmoqda, bu ham uy-joy narxining oshishiga turtki beradi. Yil davomida kvartiralar o‘rtacha 1,8 foizga qimmatlashdi. Ekspertlar yil boshida qisqa muddatli ko‘rsatkichlarning pasayishi fonida ikkilamchi bozorning barqarorligi saqlanib qolayotganini qayd etdi.