Oq uy shifokorlari AQSH prezidenti Donald Trampga surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisini qo‘yishdi. Bu haqda Bloomberg nashri yozmoqda.
Davlat rahbari yaqinda to‘piqlari shishib, qo‘li lat yegan holatda tushgan suratlaridan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Oq uy matbuot kotibining ta’kidlashicha, to‘piq shishi shikastlangan klapanlar qonning oyoqdan yurakka qaytishini ta’minlay olmaganda yuzaga keladigan venoz kasallik bilan bog‘liq.
“Bu, ayniqsa, 70 yoshdan oshgan odamlarda keng tarqalgan kasallik. Shuni ta’kidlash kerakki, chuqur venalar trombozi yoki arterial kasallik belgilari yo‘q edi. Prezidentning salomatligi a’lo darajada”, — dedi u.
Lider yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish maqsadida dori ichadi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH sobiq prezidenti Jo Baydenda saratonning tajovuzkor shakli aniqlangandi. AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp Baydenga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.