AQSH prezidenti Donald Tramp Alkatras orolida maksimal xavfsizlik darajasidagi qamoqxonani ochish uchun 2 mlrd dollar sarflashi mumkin. Bu haqda Axios nashri yozmoqda.

Qamoqxonani qayta ochish uchun barcha eski tuzilmalarni buzib, qurilishni noldan boshlash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, 1 milliard dollarlik arzonroq variant ko‘rib chiqilmoqda, unda qamoqxona orolning butun hududini egallamaydi.

Hukumat hali yakuniy qaror qabul qilmadi. Ozodlikdan mahrum etish joyini qurish va undan foydalanish loyihasi xususiy pudratchilar uchun savdoga qo‘yilishi istisno etilmaydi.