“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov daraxtlarni kesishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni taklif qilgan developer Murod Nazarovning taklifi muhokamasiga aralashdi.
Deputatning ta’kidlashicha, “daraxt kesmang” degan chaqiriq butunlay taqiqlashni anglatmasligi kerak, zarur hollarda kesishga ruxsat berilishi mumkin.
“Ishxona oldidagi qurt yeb bitirgan daraxtni oldirib tashlash uchun 1 yil qog‘oz qildik, hamma bir-biriga soladi! Kesishga kelganlarni ko‘rib yig‘lashni ham kulishni ham bilmaysan, daraxt kesish emas, odamni dorga osishga kelishgandek”, — deb yozdi Qodirov.
Alisher Qodirov daraxtlar insonni daraxt uchun emas, inson uchun asrashini unutmaslikka chaqirdi.
“Bu ketishda kelajak avlod dinini unutib daraxtga e’tiqod qilishni boshlab yubormasa”, — deya ta’kidladi siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, Ekologik partiya deputatlari quruvchi Murod Nazarovning daraxtlarni kesishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish haqidagi “o‘ylanmagan tashabbusi”ga munosabat bildirgandi. Deputatlarning ta’kidlashicha, agar moratoriy bo‘lmaganida, O‘zbekiston allaqachon cho‘lga aylangan bo‘lardi.