O‘zbekistonda 2028/2029 o‘quv yiliga qadar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida:

  • 2025/2026 o‘quv yili uchun – 35 500 o‘rin;
  • 2026/2027 o‘quv yili – 36 023 ta o‘rin;
  • 2027/2028 o‘quv yili – 36 460 o‘rin;
  • 2028/2029 o‘quv yili – 36 761 o‘rin.

Magistratura dasturlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakli uchun:

  • 2025/2026 o‘quv yili – 9 922 ta o‘rin;
  • 2026/2027 o‘quv yili – 10 191 ta o‘rin;
  • 2027/2028 o‘quv yili – 10 477 ta o‘rin;
  • 2028/2029 o‘quv yili – 10 784 ta o‘rin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Davlat komissiyasiga quyidagi masalalar bo‘yicha takliflar taqdim etish topshirildi:

  • Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda oliy ta’lim olayotgan xotin-qizlar uchun 4 000 ta grant;
  • O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun 1 320 ta grant;
  • Xorijda yashayotgan va O‘zbekistonda o‘qish istagida bo‘lgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta grant.