19-iyulda kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 38-43°, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45° gacha bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 41-43° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.