Ozarbayjon AZAL samolyoti bilan bog‘liq mojaro yuzasidan Rossiyaga qarshi xalqaro sudlarga murojaat qilish uchun hujjatlarni tayyorlamoqda. Minval nashri davlat rahbarining Shusha media-forumidan so‘zlarini keltirmoqda.
Prezidentning aytishicha, AZAL samolyoti atrofidagi voqea bilan bog‘liq vaziyat “kundek ravshan”. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetti oy davomida Ozarbayjon Rossiya tomonidan birorta ham aniq javob olmagan. Ozarbayjon Bosh prokurori Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbariga so‘rovlar yuboradi, biroq unga faqat «tergov davom etmoqda» degan javob keladi.
Ilhom Aliyev bunday pozitsiya samarasiz ekanligini ta’kidladi. U Ozarbayjon xalqaro sud instansiyalariga hujjatlar taqdim etish niyatida ekanini tasdiqladi.
Davlat rahbari, shuningdek, Malayziyaning “Boing” samolyoti halokati bo‘yicha tergov 10 yildan ortiq davom etganini eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon ham qancha kerak bo‘lsa, shuncha kutishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ilhom Aliyevga Rossiya havo hududida Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan o‘z afsusini bildirgandi.