Ish haftasining birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati kunduzi 36-39 daraja atrofida, respublikaning shimoli, janubi va cho‘l hududlarida 40-42 darajagacha bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi. Juda issiq ob-havo davri shanba kuni ham davom etadi. Kunduz kunlari termometr ustuni 40-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zbekiston hududining katta qismida ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmayapti, faqat tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 20 iyul kuni kunduzi 43 darajagacha, keyingi kunlarda, 21-27-iyul kunlari kunduzi 36-41 daraja, kechasi 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.