O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Makedoniyaning Kouzon Corporation kompaniyasi kruiz kompaniyalari bilan hamkorlikda mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Xorijda ishlash istagida bo‘lgan va ingliz tilini biladigan O‘zbekiston fuqarolari uchun turistik laynerlarda ishga joylashish imkoniyati yaratilmoqda. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, ishga joylashish uchun C1/D tranzit vizasini olish jarayoni soddalashtiriladi va ish beruvchi tomonidan 45 kundan 90 kungacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtiriladi. Muzokaralar yakunida ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Laynerlarda boshlang‘ich ish haqi 6 oylik shartnoma bo‘yicha 1200 dollardan boshlanadi. Keyin 2 oylik ta’til beriladi, shundan so‘ng 6 oylik yangi shartnoma tuzish mumkin. Tajribaga qarab, ish haqi 4000 dollargacha yetishi mumkin. Yashash bilan bog‘liq barcha xarajatlar kompaniya hisobidan qoplanadi.

28 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Kouzon korporatsiyasi dunyoning 18 ta davlatida faoliyat yuritadi. Laynerlar O‘rta yer dengizi, Tinch okeani, Skandinaviya, Boltiqbo‘yi va Karib dengizi kabi yo‘nalishlarda qatnaydi.

Kompaniya laynerlarda ishlash uchun malakali kadrlarni tayyorlash va ishga joylashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega. Har yili u butun dunyo bo‘ylab 20 dan 25 gacha mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi.