“O‘zbekneftgaz” 2025-yil sentyabridan AI-80 benzinini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

2025-yil oxirigacha “O‘zbekneftgaz” yuqori oktanli avtomobil benzini (AI-92) ishlab chiqarish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. AI-80 markasini ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatish sentyabr oyiga mo‘ljallangan.

2025-yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi jami 1,03 million tonna yoqilg‘i ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda: 487 ming tonna AI-80 va 543 ming tonna AI-92+ benzini. Bunda AI-80 avtobenzinini ishlab chiqarish sentyabrgacha, sentyabrdan esa faqat AI-92+ avtobenzinini (oyiga o‘rtacha 90 ming tonna yonilg‘i) ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Natijada joriy yilning o‘zida “O‘zbekneftgaz” omborlarida AI-80 avtobenzin zaxiralari to‘liq tugaydi, 2026 yildan esa faqat yuqori oktanli avtobenzin (AI-92 va AI-95) sotishga o‘tiladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident 2025-yil oxirigacha AI-80 benzinini sotishni cheklash, IES va IESlarda yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha topshiriq bergandi.