Toshkent viloyatida 21 va 43 yoshli ikki fuqaro tomonidan noqonuniy diniy ta’limni tashkil etish holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, 21 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi xonadonlardan birida 31 nafar bolaga diniy saboq bergan.
Aniqlanishicha, 43 yoshli erkak Toshkent tumanidagi xususiy uylardan birida 12 nafar voyaga yetmagan bolaga ta’lim bergan.
“Noqonuniy faoliyat olib borgan ushbu shaxslarga, shuningdek, bolalarni tarbiyalash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq jazo choralari qo‘llanildi”, — deyiladi xabarda.