21-iyul kuni Toshkentning Olmazor tumanida vodorod peroksidi sizib chiqdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
21-iyulga o‘tar kechasi Uzumbog‘ ko‘chasida havoda oltingugurt hidi kelayotgani haqida xabar kelib tushgan. Mutaxassislar zudlik bilan ko‘rsatilgan joyga yetib kelishdi.
Omborda joylashgan rezervuardan ochiq atmosferaga vodorod peroksid moddasi sizib chiqdi.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari tomonidan soat 04:00 ga qadar sizib chiqish bartaraf etilgan. Vaziyat to‘liq nazorat ostida.
Surishtiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.