Ukraina elchisi Nikola Doroshenko O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda u Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy diplomatik korpus rotatsiyasi doirasida O‘zbekistondagi missiyasini yakunlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
“Bu mamlakatim rahbariyatiga, xalqimga bo‘lgan ishonchning eng yuqori darajasi va men buni oqlash uchun qo‘limdan kelganini qildim”, — deb yozdi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistondagi faoliyati davomida mamlakat uchun og‘ir damlarda uning manfaatlarini ifodalash va himoya qilish sharafiga muyassar bo‘lgan.
“Mening vazifam bu haqiqatni aytish, haqiqatni o‘zbek jamiyatiga yetkazish, ularga bugungi kunda Ukraina qanday yashayotganini tushuntirish edi. Umid qilamanki, mening mehnatim tufayli o‘zbek muhitida haqiqat urug‘lari ko‘proq unib chiqadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.