Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov “Turizm megaloyihasi”ni amalga oshirishga start berdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyihani Uchqo‘rg‘on tumanidagi Norin daryosi bo‘yida amalga oshirish rejalashtirilgan. Taqdimotda daryoning 12 kilometr qirg‘oq qismida, shuningdek, yirik irmoq kanallari atrofida “barcha turizm yo‘nalishlari”ni rivojlantirish imkoniyatlari qayd etildi.

30 gektar maydonda akvapark, gullar bog‘i, amfiteatr, kapsulali dam olish xonalari, interaktiv attraksionlar, restoranlar va sayr qilish zonasi bo‘ladi. 450 dan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Abdurazzoqovga Norin GESlar kaskadi atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi. Uychi tumanining Bo‘ston mahallasida dam olish zonasi, basseyn, sport maydonchasi va kemping zonasini o‘z ichiga olgan turizm loyihasini yaratish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Uychi tumanida ko‘p qavatli uylar massivi barpo etish uchun 20 gektar yer ajratish rejalashtirilgan. Bu yerda sayyohlik zonasi ham bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Indoneziyaning turizm sohasi bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.