22-iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang ko‘tarilishi ehtimoli bor. Havo harorati 38-43° atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 40-42° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-36° bo‘ladi.