23-iyul kuni O‘zbekistonda 5 balli “qizil” magnit bo‘roni kuzatiladi. Bu haqda Meteoagent portali ma’lumotlarida keltirilgan.
24-iyulda ham magnit bo‘roni kutilmoqda, ammo 4 ball. Meteog‘alayon cho‘qqilari tushlikka to‘g‘ri keladi, kechga yaqin ularning intensivligi pasayadi.
Magnit bo‘ronlari aholida bosh og‘rig‘i, charchoq, asabiylashish va uyquning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Magnit bo‘ronlari aholida bosh og‘rig‘i, charchoq, asabiylashish va uyquning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, surunkali kasalliklarga chalingan va ob-havoga bog‘liq odamlar ularga sezgir bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, hafta davomida issiq ob-havo kuchayadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zon bilan kuchayadi.