Shavkat Mirziyoyev 22-iyul kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Sherzod Asadovning aytishicha, tashrif chog‘ida davlat rahbari sanoat va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan ishlar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa inshootlar bilan tanishadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha prezident neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi.
Shuningdek, davlat rahbari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi. Mas’ullarga infratuzilmani izchil modernizatsiya qilish va barqaror elektr ta’minotini ta’minlash vazifasi topshirildi.