Toshkentda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali shifokoriga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi. Bu haqda sud qarorida aytiladi.
43 yoshli shifokor jabrlanuvchini ko‘rish maqsadida uning xonasiga kirgan. Deraza va eshiklarni qulfladi, so‘ng uni o‘pa boshladi, ko‘kragi va jinsiy a’zolarini paypaslay boshladi.
Ayol shok holatida bo‘lgan va hech narsa qila olmagan. U shifoxonani tark etmoqchi bo‘lganida, bosh shifokor unga ruxsat bermadi va palatasiga yana 2-3 kishini joylashtirdi. Ertasi kuni u shifoxonadan chiqdi va ichki ishlar organlariga murojaat qildi.
Sudda erkak o‘z aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymon bo‘ldi va jabrlanuvchi hamda uning onasidan kechirim so‘radi. Sud aybni tan olishni, shuningdek, huquqbuzarning mast holatda bo‘lganligini hisobga oldi.
Sud qarori bilan u MJtKning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik) bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.