22-iyul kuni Toshkentning bir qator mavzelarida avariya tufayli issiq suv ta’minoti to‘xtatildi. Bu haqda Veolia Energy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Yunus ota ko‘chasidan o‘tgan diametri 700 mm bo‘lgan magistral quvurda avariya holati qayd etilgan.

“O‘zbekiston Mustaqilligi”, “Ahmad Donish”, “Muruvvat” va “Sevinch” massivlarida kechiktirib bo‘lmaydigan tiklash ishlari olib borilishi munosabati bilan issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Taxminiy tiklanish vaqti – joriy soat 18:00 gacha.

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Veolia Energy Tashkent avariya xizmati oqibatlarni tezkor bartaraf etish va issiqlik ta’minotini tiklash uchun kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda”, — deyiladi Veoliae Energy xabarida.

Eslatib o‘tamiz, issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari yiliga bir yoki ikki marta qayta ko‘rib chiqiladi. Bu subsidiyalar hajmini bosqichma-bosqich kamaytirish va aholi uchun yukni yengillashtirish imkonini beradi.